So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi o'zbek futboli uchun ham foyda keltiradi Yangiliklar

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi o'zbek futboli uchun ham foyda keltiradi

O'zbekistonlik himoyachi tez orada Angliya Premer-ligasiga yo'l oladi.

Agar Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga o'tsa (umid qilamanki, bu haqda tez orada rasman elon qilinadi), ushbu transfer barcha tomonlar uchun foydali bo'ladi.

Abduqodir Husanov top klubga o'tadi va u erda jahon futbolidagi eng yaxshi markaziy himoyachilar bilan asosiy tarkib uchun kurashadi. Raqobat o'sish va rivojlanishga turtki beradi. Abduqodir futbolchi sifatida yanada kuchliroq bo'ladi. Bundan tashqari, keyingi mavsumda "shaharliklar" deyarli UEFA CHempionlar ligasida ishtirok etadi (APLda to'rtinchi o'ringa atigi ikki ochko etishmayapti), bu esa Husanov ham Evropaning eng nufuzli klublar o'rtasidagi turnirda ishtirok etishini anglatadi.

"Manchester Siti" yosh, ammo allaqachon yuqori mahoratli himoyachiga ega bo'ladi, u jamoada yangi taktik imkoniyatlar paydo bo'lishiga zamin hozirlaydi. Pep Gvardiola jamoasi gibrid tizimda o'ynaydi: himoyada 4-3-3 / 4-2-3-1, hujumda esa 3-2-2-3 (yarim himoyachi Riko Lyuis tayanch zonasiga tushadi, "sakkizlik" yuqoriga ko'tariladi, qanot hujumchilari esa raqib himoyasini kengaytirish uchun maydonning yuqori qismlarida joylashadi). Husanov bu sxemada markaziy himoyachi sifatida o'ynab, raqib hujumlarini to'xtatuvchi "to'g'on" vazifasini bajarishi, shuningdek, eng so'nggi markaziy himoyachi sifatida raqib yarimmaydonida harakat qilishi mumkin.

"Lans" Husanovni sotishdan hayratlanarli darajada katta foyda oladi. 2023 yil iyulida Franciya klubi Abduqodirni "Energetik-BGU"dan atigi 100 ming evroga sotib olgan edi. Agar "Manchester Siti" haqiqatan ham Husanov uchun 50 million evro to'lasa, foyda 50 000 foizni tashkil etadi. Bu mablag'ga "Lans" ikki-uch nafar yuqori mahoratli futbolchini xarid qilishi yoki infratuzilmaga sarmoya kiritib, pulning bir qismini Husanovga o'xshagan "yulduz bo'lib porlashi" mumkin bo'lgan yosh futbolchilarni sotib olishga sarflashi mumkin.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Husanov timsolida yanada tajribali himoyachiga ega bo'ladi. U maydondagi harakatlari bilan boshqa o'yinchilarga (ayniqsa, boshqa himoyachilarga) yordam beradi. U Evropa nufuzli ligalarida to'plagan bebaho tajribasini jamoaga sarflaydi.

Umuman olganda, o'zbek futboli keng omma orasida yanada mashhurlikka erishadi. Ilgari Evropaning eng top-5 ligasida Husanovdan tashqari faqat Eldor SHomurodov o'ynagan edi. SHu bilan birga, APL — klublar o'rtasidagi futbol turnirlarining "bayroqdori" bo'lib, eng kuchli chempionat hisoblanadi. Uni Franciyaning 1-ligasi yoki Italiyaning A seriyasiga qaraganda ko'proq odam kuzatib boradi. Bu esa, o'z navbatida, o'zbekistonlik boshqa futbolchilar uchun "Evropa sari yo'l" vazifasini o'tashi mumkin.

Biroq o'zbekistonlik o'yinchilar Evropaning top-5 ligasida paydo bo'lishi uchun, dadil qaror qabul qilib, dastlabki qadamni tashlashlari — aynan Evropaga yo'l olish lozim.

"Lans"ga o'tishdan oldin Husanov Belarusning "Energetik" jamoasi sharafini himoya qilgan. Garchi vatanida 17 yoshida hech kimga kerak bo'lmagan bo'lsa-da, Belarusda himoyachiga ishonch bildirishdi. Albatta, Abduqodir bosib o'tgan yo'l tarixi kamdan-kam uchraydi va har bir o'yinchi uning yo'lini takrorlay olmaydi. Biroq O'zbekistonda Evropaning nufuzli ligalarida o'ynashga qodir bo'lgan iqtidorli futbolchilar ko'p. Odatdagi top-5 ligalardan tashqari, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya singari boshqa kuchli chempionatlar ham mavjud. SHuningdek, bir oz pastroq darajadagi RPL va Turkiya chempionatlarini ham unutmaslik lozim.

Afsuski, ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar xorijda o'z kuchlarini sinab ko'rmasdan O'zbekistonda qolishmoqda. Ular Belarus, Polsha, Kipr, Vengriya, Greciya, Serbiya, Sloveniya va boshqa "o'rtacha" Evropa chempionatlariga borishni istashmayapti. O'zbekistonlik futbolchilar ongli ravishda yangi tajriba o'rniga qulaylikni, rivojlanish o'rniga maoshni afzal ko'rishmoqda. CHunki har doim O'zbekistonga qaytish (yoki boshqa Osiyo mamlakatlariga o'tish) mumkin, ammo Evropada o'ynash va o'zini ko'rsatib, u erda o'rnashib qolish imkoniyati esa kamdan-kam hollarda yuzaga keladi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика