So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Abduqodir Husanov "Lans" futbolchilariga tegishli bo'lmagan qaysi raqamlarni o'zi istasa ham qo'lga kirita olmaydi? Yangiliklar

Abduqodir Husanov "Lans" futbolchilariga tegishli bo'lmagan qaysi raqamlarni o'zi istasa ham qo'lga kirita olmaydi?

Hamyurtimiz ayni damda Franciyaga uchib ketgan.

O'zbekiston milliy va yoshlar terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov tez orada Franciyaning amaldagi vice-chempioni — "Lans" klubi tarkibiga borib qo'shilishi kutilmoqda. Albatta, hamyurtimizning transferi bilan bog'liq xabarlar futbolga ishtiyoqmand kishilarni befarq qoldirmasligi tabiiy. SHu bilan birga, uning bo'lajak klubi safida qaysi raqam ostida to'p tepishi ham qiziq. To'g'ri, Abduqodir boshqa futbolchilarga tegishli bo'lmagan raqamlarni tanlash huquqiga ega, ammo bo'sh bo'lgan bazi raqamlarga o'zi istasa ham ega qila olmaydi. Xo'sh, bu qaysi raqamlar?

12

Ushbu raqam klub muxlislari sharafiga hech kimga berilmaydi. Bu raqam "12-o'yinchi" sifatida ramziy manoga ega, shu bois, jamoaga sodiq va ularni hamisha qo'llab-quvvatlovchi ishqibozlar sharafiga raqam "muzlatilgan".

17

"Lans"da besh mavsum harakat qilgan Mark-Viven Foe 2003 yilgi Konfederaciyalar kubogida Kamerun terma jamoasining bir bo'lagi edi. SHu yilning 26 iyun sanasida Kamerun musobaqaning guruh bosqichida Kolumbiya bilan to'qnash keldi. Uchrashuvning 72-daqiqasida Foe maydon markazida hushidan ketib, kasalxonada vafot etdi. SHifoxona mamurlari Foening "kardiomiopatiya gipertrofiyasi" deb ataladigan va kamdan-kam uchraydigan yurak xastaligiga chalinganini aniqladi.

28 yoshli futbolchining o'yin o'rtasida to'satdan vafot etishi butun futbol olamini larzaga soldi. Franciyalik yulduz Terri Anri Misr darvozasiga gol urganidan so'ng osmonga ishora qilib, o'z golini marhumga bag'ishladi.

O'limi arafasida Foe "Lion"dan ijara asosida "Manchester Siti"ga o'tgandi. SHu bois, "Lion" va "Manchester Siti" u o'ynagan 23-raqamli libosni abadiylashtirdi. Keyinroq Kamerun terma jamoasi azosi Jan Makun "Lion" safida do'stini xotirlash maqsadida Foening raqamida harakat qildi. "Lans" ham bir vaqtlar yarim himoyachi kiygan 17-raqamni boshqaga bermaslikka qaror qildi.

Yana qaysi raqamlar tanlanishi mumkin?

Klubda 2, 6, 8, 11 dan tashqari va 30 dan yuqori ko'pgina raqam bo'sh. O'ylashimcha, agar boshqa tanlovi bo'lmasa, poziciyasidan kelib chiqqan holda Abduqodir uchun 2-raqam ham yomon emas.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика