Abbos Fayzullaev: "Bu - futbol. Bir nechta vaziyat yaratib ura olmaysiz, raqib esa bitta imkoniyatdan samara chiqarib ketadi"
16 fev 15:02
Yangiliklar
Abbos Fayzullaev: "Bu - futbol. Bir nechta vaziyat yaratib ura olmaysiz, raqib esa bitta imkoniyatdan samara chiqarib ketadi"
"Juda muhim o'yin edi. Raqib — to'g'ridan-to'g'ri raqobatchimiz. Ikki jamoa ham anchadan buyon yutqazmagandi. 3 emas, 6 ochkolik o'yin hisoblanardi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ularda ham, bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Gol urib o'yinni hal qilishimiz kerak edi. Shunday vaziyat bo'ldiki, 1:2 yutqazayotib, 2:2 qildik. Hech bo'lmaganida shu natijani saqlab qolishimiz kerak edi, chunki durang bo'lsa katta narsa yo'qotilmasdi. 3 ochko yo'qotilgani qimmatga tushishi mumkin.
Bu — futbol, uni tushunib bo'lmaydi. Bir nechta vaziyat yaratib ura olmaysiz, raqib esa bitta imkoniyatdan samara chiqarib ketadi. Ertadan mashg'ulotlarga kirishamiz. Keyingi o'yinga tayyorlanamiz.
O'yindan o'yinga ancha o'rganib qoldim. O'zimni yaxshi his qila boshladim.
Gol bo'lishini juda istadim, lekin to'singa tegdi. Nishonlashga tayyor edim. U vaziyatda Eldor akaning aytishi bo'yicha to'p raqibning qo'liga tekkan. Yana bir vaziyatda yaqqol qo'liga tegdi. Lekin bilmadim, hakamlar berishmadi", – dedi Fayzullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar