So’nggi yangiliklar

02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  1 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  0 02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  17 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  25 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  2 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  125 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14

A Seriya. "Roma" "Yuventus"ni mag'lub etdi, Perottidan dubl Yangiliklar

A Seriya. "Roma" "Yuventus"ni mag'lub etdi, Perottidan dubl

Italiya chempionati so'nggi 38-turidan o'rin olgan "Yuventus" - "Roma" bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Yuventus – Roma 1:3 

«Alyanc Stedium»

Gollar: 1:0 – 5 Iguain, 1:1 – 23 Kalinich, 1:2 – 44, penalti Perotti, 1:3 – 52 Perotti.

Yuventus – SHensni (Pinsolo, 72), Bonuchchi (Demiral, 51), Rugani, Danilo, Frabotta, Matyuidi, Rabo (Remzi, 51), Zanimakya, Muratore, Bernardeski (Oliveri, 72), Iguain (Vrioni, 79).

Roma – Fuzato, Zappakosta, Smolling, Rojer (Jezus, 56), Kalafori (Bruno Peres, 60), Zanolo (Under, 56), Vilyar, Perotti (Klyuyvert, 73), Kristante (Santon, 56), Fasio, Kalinich.

Ogohlantirishlar: Rugani (21), Smolling (40), Perotti (45), Kristante (54).


Uchrashuv yakunlandi. "Yuventus" 1:3 "Roma".  Rimliklar mavsumni g'alaba bilan, "keksa sinora" esa mag'lubiyat bilan tugatadigan bo'ldi.  Lekin "Yuventus" muxlislarini chempionlik bilan muborakbod etamiz! 

90+2. Vilyar Muratoreni maydonga qulatdi, hakam qoida buzish qayd etdi. 

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Oliveridan zarba! Fuzato o'z o'rnida ekanligini ko'rsatdi! 

89. Frabotta Underni yiqitdi va jarima to'pi. 

88. "Roma"dan turli kombinaciyalar, Underning zarbasi himoyailar tomonidan "blok" qilindi. 

85. Zarba! Remzidan ajoyib zarba, biroq noaniq. 

84. Underdan pas, Kalinichdan noaniq zarba... 

83. Oliveri Matyuidi bilan o'zaro devor uslubini qo'llamoqchi bo'ldi, ammo raqib qarshilik ko'rsatdi.

79. "Yuventus"da almashtirish: Iguain o'rniga Vrioni tushdi. 

77. Zarba! Zappakostaning erlatib yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

74. "Yuventus"da o'zgarish: SHensni o'rniga Pinsolo tushirildi. 

73. "Roma"da o'zgarish: o'yin qahramoni Perotti o'rniga Klyuyvert maydonga tushdi. 

72. "Yuventus"da almashtirish: Bernardeski o'rniga Oliveri tushdi. 

71. O'yinda to'xtalish,  hakam "time-out" elon qildi, futbolchilar bir oz tin olishlari mumkin.

69. Danilodan zarba! To'p rikoshet orqali maydonni tark etdi va burchak to'pi. 

69. Zarba! Underdan kutilmagan traektoriyaga ega zarba, ammo SHensni o'z o'rnida. 

68. Zarba! Perottining xavfli zarbasini SHensni qaytarishga erishdi. 

67. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 49% - 51%.

65. "Yuventus"da hech narsa o'xshagani yo'q. Oxirgi marta Remzining zarbasi darvoza ustunig tekkandi, shu xolos. 

63. "Yuventus"ning hozirgi holatini suratda tomosha qiling.

61. "Roma"da almashtirish: Kalafori o'rniga Peres tushirildi. 

60. Zarba! Remzining tepgan to'pi darvoza ustuniga tegdi. 

59. Iguainning uzatmasi himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

56. "Roma"da 3 ta o'zgarish: Rojer o'rniga Jezus, Zanolo o'rniga Under, Kristante o'rniga Santon tushdi. 

54. Kristante Matyuidini yiqitgani bois sariq kartochka oldi.

52. GOOOOOOOOOOOOOLLLL! Zanolo ajoyib reyd uyushtirib, Perottiga pas berdi, u esa o'zining ishonchli zarbasi orqali dubl qayd etdi va hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirdi! 

51. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Rabo o'rniga Remzi, Bonuchchi o'rniga Demiral tushdi.  

49. Vauuu!  Zanoloning pasidan so'ng, Kalinichdan super zarba! SHensnidan qoyilmaqom seyv! 

47. Iguaindan zarba! Fuzato qaytardi. Ha, bu vaziyatda Iguain ofsaydda qolgani malum qilindi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 1:2. Tanaffus! 

45+1. Endi Perotti Daniloni yiqitdi va sariq kartochka oldi. 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Perotti penaltini muvaffaqiyatli amalgi oshirdi va hisob 1:2! 

43. Danilo Kalaforini yiqitdi va penalti! 

42. Gonsalo Iguainning yazshi shylangan pasini darvozabon o'z vaqtida payqadi va qo'liga ilib oldi. 

40. Smolling oldingi vaziyatagi qoida buzish uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

38. Bernardeskining uzatmasi Fasio tomonidan qaytarildi. 

36. Kalafori kuchli zarbasi orqali gol urdi, ammo jarima maydoni ichida qoida buzilgani bois hisobga olinmadi. 

34. Smolling o'z gavdasi orqali Matyuidi yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

32. Kalafori bosh bilan to'pni ichkargi oshirdi, bu texnik qaror edi, biroq natija keltirmadi.

30. Zarbaaaa! Frabotta o'zining kuchli zarbasi orqali hiobni oshirishi mumkin edi, ozgina aniqlik etishmadi. 

28. Ronaldu va Dibala bahsni kuzatib borishmoqda.

26. O'yinda "pauza". O'yinchilar suv ichib olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Kalinich burchak zarbasidan oshirilgan to'pni mezbonlar darvozasiga kiritib, hisobni tenglashtirdi - 1:1! 

21. Daniele Rugani ortdan Kalinichga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

19. Raboga tibbiy yordam ko'rsatildi va u maydonga qaytdi. 

17. Adrien Rabo jarohat olib maydonda yotibdi. Ibanes unga nisbatan qo'pol o'ynagandi.  

15. SHensni o'yinda ekanligini isbotlab qo'ydi! Polyak to'pga yugurib chiqib keldi va unga ega chiqdi. 

14. "Yuventus" bugun yangi libosda harakatlanmoqda.

13. Iguain deyarli bir metrdan darvozabon Fuzatodan to'pni olib qo'yishga urindi! Braziliyalikni bu cho'chitmadi. 

11. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 33% - 67%.

9. "Yuventus" o'z jarima maydoni tomonda to'p nazoritini o'z qo'liga olgan. "Roma" pressing qilish bilan band. 

7. "Yuventus" o'yinni tezkorlik bilan boshladi, "Roma" bugungi uchrashuvga tayyor emasdek.

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Iguain hisobni ochdi - 1:0!  Rabo burchak to'pidan keyin sekingina to'pni Golnsaloga uzatdi u esa "Yuve"ni oldinga olib chiqdi.

4. Daniloning pasidan keyin Bernardeski to'pni qabul qilib oldi. Kalafori uni itarib yubordi va jarima to'pi belgilandi. 

1. O'yin boshlandi! 

O'yin 23:45da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Italiya A Seriyasi 38-turida "Yuventus" "Roma" bilan to'qnash keladi. Ushbu so'nggi tur o'yinini siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика