A Seriya. “Udineze” uyda “Milan”ni ishonchli hisobda engdi. Ibragimovich esa mavsumdagi ilk golini urdi
19 mar 2023 08:35
Yangiliklar
A Seriya. “Udineze” uyda “Milan”ni ishonchli hisobda engdi. Ibragimovich esa mavsumdagi ilk golini urdi
Uchrashuvda hisobni 9-daqiqadayoq mezbonlar azosi Roberto Pereyra ochishga erishdi. Uzoq davolanishdan keyin safga qaytgan Zlatan Ibragimovich 1-taymga qo'shib berilgan daqiqalardan penaltini aniq amalga oshirdi va mavsumdagi ilk golini urishga erishdi. Qolgan gollarga esa Betu hamda Kingsli Exizibue mualliflik qildi.
Andrea Sottil shogirdlari ushbu g'alabadan keyin ochkolari sonini 38 taga etkazib, turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. “Rossonerilar” esa 48 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.
"Udineze" – "Milan" 3:1 (2:1, 1:0)
"Friuli"
Gollar: 1:0 – 9 Pereyra, 1:1 – 45, penalti Ibragimovich, 2:1 – 45 Betu, 3:1 – 70 Exizibue.
"Udineze" – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 88), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udodji (Zegelar, 89), Pereyra (Arslan, 81), Uolas, Samardjich (Lovrich, 73), Saksess (Toven, 74), Betu.
"Milan" – Menyan, Tomori (Kalabriya, 76), Tiav, Kalulu, Ballo-Ture, Salemakers (Rebich, 64), Bennaser (Krunich, 64), Braim Dias (Origi, 76), Tonali, Rafael Leau, Ibragimovich (de Ketelare, 76).
Ogohlantirishlar: Peres (27), Kalulu (61), Uolas (68), Ebosele (90), Tonali (90), Rodrigo Bekao (90).
CHetlatish: Sottil (45).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar