So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

A Seriya boshlanmoqda! 1-turda favoritlarni oson uchrashuvlar kutib turibdimi? Yangiliklar

A Seriya boshlanmoqda! 1-turda favoritlarni oson uchrashuvlar kutib turibdimi?

Bugun Italiya chempionatining yangi mavsumi start oladi.

"Milan" - "Udineze"

Amaldagi chempion o'z titulini himoya qilish uchun harakat qiladi, lekin hech qanday yirik xaridlar bo'lmaganini takidlash lozim. Katta ehtimol bilan Olive Jiru 1-turni o'tkazib yuboradi, Tonalli va Ibragimovich esa aniq maydonga tushmaydi. SHu sababli, hujumning eng oldidan Ante Rebich o'rin oladi. "Udineze"da jarohat tufayli faqat Buta va Arslan o'ynashmaydi. Betuning maydonga tushishi esa so'roq ostida turibdi, lekin forvard 2-taymda zaxiradan o'ynash ehtimoli bor.

Jamoalar oxirgi marta shu stadionda uchrashib, 1:1 hisobida durang qayd etishgan. Albatta, hozir "rossoneri" ustunroq. Italiya chempioni start qanchalik muhimligini yaxshi tushunadi, "Udineze" esa "Milan" mavsumni g'alaba bilan boshlashiga qarshilik ko'rsatishi qiyinroq bo'lsa kerak.


"Lechche" - "Inter"

Ochig'i, A Seriyaga qaytganidan keyin "Lechche"ga oson bo'lmaydi. Dermakuning jarohati ham muammoni yanada kuchaytiradi. "Janubliklar" hujumda Strefecca yordami bilan Di Franchesko va Sisseyga suyanadi. "Inter"ga kelsak, Brozovich maydonga tushishi so'roq ostida, uning o'rniga jamoaning yangi azosi Aslani o'ynashi mumkin. SHuningdek, Dimarko tiklanib ulgurmadi, yon chiziqda Gosens harakat qilsa kerak. Hujumda esa barchasi oddiy va oson, Lautaro hamda Lukaku oradan bir yil o'tib, yana birga maydonga tushadi.

O'zaro uchrashuvlarning oxirgisida (2020 yil) jamoalar durang qayd etishgan (1:1). Bu natija sensaciya bo'lgandi. Bundan ham qizig'i, ushbu raqiblar 2019 yil A Seriya ochilish bahsida ham to'qnash kelishgan va o'shanda "Inter" 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Nima deb o'ylaysiz, tarix yana takrorlanarmikan?!


"Salernitana" - "Roma"

"Dengiz otlari" o'tgan mavsum yaxshi finish ko'rsatib, elitada qolishga muvaffaq bo'lishdi. Ammo hozir ularga oson bo'lmasligi turgan gap. Jarohatlar vaziyatni yanada og'irlashtirdi: Boxinen, Brdarich va Yaroshinski o'yinni o'tkazib yuborishadi, Radovanovich maydonga tushishi esa so'roq ostida turibdi. Ammo yangi o'yinchi Botxeym A Seriyada debyut qiladi. "Roma" bilan bog'liq asosiy intriga bu — yangi kelgan futbolchilar va albatta, Paulo Dibalaning debyutidir. Argentinalik Abraxam bilan birga uchrashuvni startdan boshlaydi. SHuningdek, Nemanya Matich ham asosiy tarkibdan o'rin olishi kutilmoqda.

"Roma" o'tgan safar uyda "Salernitana"ni mag'lub etgandi (2:1). Bu uchrashuvda ham "jalorossi" yaqqol favorit. Jamoa darhol oldinga o'tib olishga harakat qiladi. Qolaversa, hamma Dibaladan yorqin debyut kutmoqda.


"Verona" - "Napoli"

Italiya Kubogidagi mag'lubiyat va bir qator etakchilarining ketgani sababli "Verona"ni optimal formada deb bo'lmaydi. Qolaversa, ketishi mumkin bo'lgan Barak katta ehtimol zaxira o'rindig'ida qoladi. Hujumda jamoaning yangi futbolchisi Anri o'ynaydi. U o'tgan yili "Veneciya" sharafini himoya qilgan. Simeone maydonga tushmasligi mumkin, chunki "Napoli" safiga o'tishga yaqin turibdi. "Partenopeylar"ga kelsak, startda yangi o'yinchilar Kim i Kvaracxeliya harakatlanadi.

"Napoli" oxirgi bahsda 2:1 hisobida g'olib bo'lgan. Bu safar ham "partenopeylar" g'alaba qozonishi haqiqatga yaqinroqdek. Hozir "Verona"ning holati yaxshi emas va tarkib bilan bog'liq muammolari bor. "Napoli" bundan unumli foydalanib, g'alabaga erishishi mumkin.


"Yuventus" - "Sassuolo"

"Yuventus"ning boshlang'ich tarkibi juda katta jumboq. Jamoa yozda jiddiy o'zgarishlarga qo'l urdi. Boshqa variantlar bo'lishiga qaramay, Bremer, Fajioli, Di Mariya va Kostich asosiy tarkibdan o'rin olish ehtimoli yuqori. "Neroverdi"ning vaziyati og'ir: Dionizi kimdan umid qilishi va kimlar klubdan ketishi hali ham aniq emas. SHu sababli, Raspadori asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin. Bu Seydeda imkoniyat bo'ladi deganidir. Yaqinda "Inter"dan o'tgan yangi o'yinchi Pinamonti o'yinda ishtirok etishi mumkin.

Bu jamoalar oxirgi marta o'zaro to'qnash kelganlarida, "Yuventus" 2:1 hisob bilan zafar quchgan. Umuman olganda, jamoa hozir ham favorit. Klubda bo'lgan o'zgarishlarga qaramay, "Yuventus" baribir chempionatning yirik klubi bo'lib qolaveradi. Mehmonlar esa Kubokdagi bahsdan kelib chiqsak, hali mavsumga tayyor bo'lib ulgurishmagan.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика