3 oyda haydalgan Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti o'rniga yangi rahbar saylandi, ammo u ham 3 oyda ishsiz qolishi mumkin
16 dek 21:56
Yangiliklar
3 oyda haydalgan Ispaniya futbol federaciyasi prezidenti o'rniga yangi rahbar saylandi, ammo u ham 3 oyda ishsiz qolishi mumkin
U 2028 yilgacha federaciya rahbari safitad faoliyat yuritadi.
Malumotlarga ko'ra, Lusan nomzodini Assambleyaning 90 vakili qo'llab-quvvatlamoqda, uning raqibi Salvador Gomar 43ta ovoz yiqqan. Xabar berishlaricha, saylovoldi kampaniyasi davrida Lusanni LaLiga rahbari Xaver Tebas qo'llab turgan.
Lusan qisqa muddat ichida federaciya prezidentligidan ketishi mumkin, chunki u Moranyadagi futbol maydoni rekonstrukciyasi uchun ajratilgan pullarni o'g'irlashda aybdor deb topilgan. Lusan bu qaror bo'yicha Ispaniya oliy sudiga apellyaciya bergan, yakuniy qaror 2025 yilning fevralida elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, federaciyaning avvalgi prezidenti Pedro Rocha saylovda g'olib bo'lganidan 3 oy o'tib ishsiz qolgan edi. U mansabini suistemol qilgani uchun 2 yilga futboldan chetlatilgan.
Fikrlar