So’nggi yangiliklar

12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  0 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  9

2024 yil O'zbekiston borishi kerak bo'lgan musobaqaning taqvimi elon qilindi Yangiliklar

2024 yil O'zbekiston borishi kerak bo'lgan musobaqaning taqvimi elon qilindi

Xabaringiz bor, navbatdagi Olimpiya o'yinlari 2024 yil Franciyada o'tkaziladi.

Kunki kecha ushbu musobaqaning futbol o'yinlari taqvimi FIFA tomonidan tasdiqlandi. SHunday qilib 2024 yilgi Parij Olimpiadasi futbol uchrashuvlari 24 iyul kuni start oladi hamda 10 avgustga qadar davom etadi. 

Ushbu musobaqada 2001 yil va undan kichik futbolchilar to'p tepish imkoniga ega bo'lishadi, shuningdek har bir terma jamoa uch nafar yoshi katta futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin. 

Yana bir yangilik shuki, tarixda birinchi marta Olimpiya o'yinlarida ayollar va erkaklar futbol musobaqalarida bir xil 16tadan jamoa ishtirok etadi. Malumot uchun, bungacha ayollar musobaqasida 12ta jamoa qatnashib kelayotgandi. 

Futbol uchrashuvlari Franciyaning 7ta shahrida bo'lib o'tadi: Parij, Nant, Bordo, Lion, Sent-Etenn, Marsel va Nicca. Erkaklar musobaqasining final o'yini 9 avgust kuni "Park de Prens" stadionida, ayollar o'rtasidagi final ham shu stadionda, faqat 10 avgust kuni o'tkaziladi. 

Yaxshi bilasiz, shu yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekiston navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Garchi vakillarimiz ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, bu hech nima bermaydi. 

2024 yil yana shunday musobaqa tashkil etiladi (hozircha mezbon mamlakat malum emas) va bu musobaqada Olimpiada yo'llanmasi o'ynaladi. FIFA tomonidan OFKga 3+1 yo'llanma ajratilgan bo'lib, yarim finalga chiqqan 4ta jamoadan uchtasi to'g'ridan to'g'ri Parij yo'llanmasiga ega chiqadi. To'rtinchi jamoa Afrika vakili bilan pley-off o'ynaydi. Nasib qilsa, biz ham kuchli uchlik ichida bo'lamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика