

"Al Nassr" Saudiya Pro-ligasining 2025/26 yilgi mavsumi so'nggi turida "Damak" jamoasini tor-mor etdi. Uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi. G'oliblar tarkibida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Ushbu g'alaba evaziga "Al Nassr" turnir jadvalida birinchi o'rinni saqlab qoldi va chempionlikni rasmiylashtirdi.
"Nasravi (Muhtasham "Al-Nasr" muxlislari)… Bu ajoyib mavsum bo'ldi. Biz birinchi kundanoq nimani xohlayotganimizni va bunga erishish uchun nimalar kerakligini yaxshi bilardik. Biz har bir mashg'ulot va har bir o'yinda mehnat qildik, kurashdik va bor kuchimizni berdik.
Bu oson yo'l bo'lmadi, lekin biz uni birgalikda bosib o'tdik. Bizga ishonganingiz va har bir qadamda yonimizda bo'lganingiz uchun rahmat", - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.



