

Bu haqda jurnalist Patrik Berger X ijtimoiy tarmog'idagi (sobiq Twitter) o'z sahifasida xabar qoldirdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Real" rahbariyati argentinalik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Agar 150 million evro miqdorida taklif tushsa, "Atletiko" Alvaresni sotishdan manfaatdor bo'lishi qayd etilgan.
Bundan oldin o'yinchiga "Barselona", "Pari Sen-Jermen" va "Arsenal" klublari ham da'vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
Yakunlangan mavsumda argentinalik forvard barcha turnirlarda 49 ta o'yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "qizil-oqlar" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy bahosi 100 million evroni tashkil etadi.



