"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisini 45+5 mln evroga sotib olishga yaqin

24 may 2026, 09:45
"Manchester Yunayted" "Atalanta" yarim himoyachisi Edersonni transfer qilishga yaqin turibdi.

Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Klublar muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Transfer summasi kafolatlangan 45 million evro va bonus tariqasida yana 5 million evroni tashkil etishi mumkin. Shartnoma 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallanadi.

Ederson 2022 yildan buyon "Atalanta" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. 26 yoshli braziliyalik futbolchi bergamaliklar safida jami 180 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru