JCH–2026: Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining 30 kishilik tarkibi e'lon qilinadi

Оқил Абдубарноев
24 may 2026, 18:10
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lumotiga ko'ra, bugun futbol bo'yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining 30 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibi rasman e'lon qilinadi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, mundial o'yinlarida bevosita 26 nafar o'yinchi ishtirok etadi. Qolgan 4 nafar futbolchi esa muqobbil zaxira vakili sifatida jamoa delegaciyasi bilan birgalikda AQSHning Nyu-York shahriga yo'l oladi. Ular asosiy ro'yxatdagi biror futbolchi jarohat olsa yoki boshqa sabab bilan turnirda qatnasha olmasa, uning o'rnini egallashga tayyor holda mashg'ulotlarda ishtirok etadi.


Sizningcha, kengaytirilgan tarkibdan kimlar tushib qoladi? Fikringizni izohda qoldiring.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia