

Federatsiya Kadis klubi tomonidan yuborilgan rasmiy arznomadan so'ng shunday qarorga keldi. Andalusiya klubi davosi qondirildi.
Kadisga qarshi o'yinda (3:1) Madrid klubi safida Denis Cherishev maydonga tushib gol urgandi. U o'tgan mavsum Vilyarreal safida o'ynaganida diskvalifikaciyaga uchragandi va Ispaniya kubogi doirasidagi bitta o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi.



